2015 yil 1-sentyabrgacha xonadon sotib olgan va 31- dekabrgacha unda ta‘mirlash ishlarini tugatgan* dastlabki 40 ta xaridorga avtomobil to‘xtash joyi bepul beriladi.Avtomobil to‘xtash joyini** tanlash huquqi – xonadonda ta‘mirlash ishlari yakunlanishi navbatiga asosan amalga oshiriladi (ta‘mirlash ishlarini birinchi yakunlagan xaridor – avtomobil to‘xtash joyini birinchi bo‘lib tanlaydi).
* Ta‘mirlash ishlari yakunlangan xonadon deb quyidagilar hisoblanadi:
-
Ichki devorlar qurilgan va suvalgan, bo‘yalgan yoki oboylar (gulqog‘oz) bilan bezatilgan;
-
Pollarga yakuniy ishlov berilgan (laminat, linoleum, kafel, parket);
-
Xonalararo eshiklar o‘rnatilgan;
-
Santexnika o‘rnatilgan;
-
Barcha kommunikatsiyalar (suv, kanalizatsiya) o‘tkazilgan va o‘rnatilgan;
-
Isitish tizimi o‘tkazilgan;
-
Shiftlarga yakuniy ishlov berilgan;
-
Elektr simlar o‘tkazilgan, yoritish moslamalari, rozetkalar va hokazolar o‘rnatilgan.
**Avtomobil to‘xtash joyi metall karkasdan yasalgan bo‘lib, unga profnastildan soyabon o‘rnatilgan. Kengligi – 2,8 m, uzunligi – 5,2 m, balandligi – 2,3 m.
Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Batafsil ma‘lumotni quyidagi telefon orqali maslahatchilarimizdan olishingiz mumkin: 200-88-22