71 200 88 22

Xodimlarni qanday tanlaymiz?

Inson – har qanday kompaniyaning bebaho boyligi ekani hech kimga sir emas. Shu bois biz nomzodlarimizga alohida e’tibor qaratamiz. "Murad Buildings" yoki sheriklarimiz bilan hamkorlik qilasizmi, har ikkisidan ham qat’iy nazar bir xil ish tartiblarini bajarasiz. Saytimizda "Murad Buildings" va hamkorlarimizda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz mumkin. Barcha bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishishingizni, ish o‘rni ko‘rsatilgan sahifada on-layn anketani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Vaziyatning murakkab va o‘ziga xosligiga qarab kasbiy test va intervyudan o‘tishingizni, jamoa bilan turli vazifalarni bajarib ko‘rishingizni taklif etishimiz mumkin.  Nomzod sifatida quyidagi bosqichlardan o‘tishingiz kerak bo‘ladi:

1 “Bo‘sh ish o‘rinlari” sahifasiga kirib, o‘zingizga ma’qul kelgan bo‘sh ish o‘rnini tanlang.
 

 

2 On-layn anketani to‘ldirib, bizga jo‘nating. Shundan so‘ng siz mazkur bo‘sh ish o‘rni uchun ro‘yxatdan o‘tganingiz to‘g‘risida xabarni qabul qilasiz. Shunday xabarni olmasangiz, iltimos, “Savolingizni bering”rubrikasi yordamida biz bilan bog‘laning.
 

 

3 Bo‘sh ish o‘rnida keltirilgan barcha talablarga javob bersangiz, siz bilan 5 ish kuni mobaynida bog‘lanamiz va suhbatga taklif qilamiz. Bo‘sh ish o‘rnining murakkabligiga qarab, nomzodlar bilan uchrashuvlar turli darajada, qo‘shimcha sinovdan o‘tish bilan birga 2 yoki 3 bosqichda o‘tkaziladi.
 

 

4 Birinchi uchrashuv yakunlari bo‘yicha elektron xabar orqali keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmaganingiz haqida ma’lum qilamiz. Talablarimizga javob bersangiz, sizni keyingi bosqichga taklif etamiz.
 

 

5 Ikkinchi bosqich yakunlari bo‘yicha keyingi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmaganingiz haqida ham xabardor qilamiz. Bilim va ko‘nikmalaringiz yetarli bo‘lmasa nomzodingizni barcha bosqichlarda rad etish huquqiga egamiz. Ishga qabul qilinishingiz to‘g‘risidagi qaror barcha bosqichlarda to‘plangan natijalarga muvofiq kollegiallik asosida qabul qilinadi.
 

 

6 Ishga qo‘yiladigan barcha talab va shartlarni oxirgi uchrashuvda ma’lum qilamiz. Ammo siz birinchi uchrashuvdayoq ish faoliyatingizda bizdan nimalarni kutayotganingiz haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishishingiz mumkin. 
 

 

Ayni paytda saytimizda sizga to‘g‘ri keladigan bo‘sh ish o‘rni bo‘lmasa kayfiyatingizni tushirmang! Sahifamizni tez-tez ko‘zdan kechirib tursangiz, o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bo‘sh ish o‘rnini albatta topasiz.

DIQQAT: barcha nomzodlardan ma’lum bo‘sh ish o‘rinlari uchun saytimiz orqali zarur ro‘yxatdan o‘tishini qat’iy so‘raymiz. Aks holda ma’lumotnomangiz ko‘rib chiqilishiga va mutaxassislarimiz siz bilan bog‘lanishiga kafolat bermaymiz.

Murad Buildings Loading