+998 (71) 200-88-22

 

    Murad Buildings jamoasining Sam Antep Gilam hamkor-kompaniyasiga tashrifi

    01 Sentyabr 2015

    Do‘stlarimizning tavsiyasiga binoan mustaqillik kuni sharafiga kecha biz Samarqandga tashrif buyurdik, maqsadimiz qadriyatlari, o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari va ruhiyatiga ko‘ra bizga yaqin bo‘lgan kompaniya bilan tanishish va tajriba almashinish edi. 2000 yilda Sam Antep Gilam QK birgina kichik o‘lchamli dastgohdan o‘z faoliyatini boshlagan edi, bugungi kunda – bu gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MDH mamlakatlaridagi eng yirik va innovatsion zavod hisoblanadi.

    Mazkur korxonada bir kunda 5 mingdan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi va ular MDH davlatlari, Yevropa, Hindiston, AQSh va xattoki Xitoyga eksport qilinadi.

    Mazkur korxona asoschisi Kamol Abdullayevning buyuk maqsadlari va hissiyotlarini, tadbirkorlikni rivojlantirishga doir rejalarini va mamlakatimizning ravnaqiga qo‘shayotgan hissalarini eshitib, ilxomlanmaslikning iloji yo‘q. Bunday olijanob, muruvvatli va kuchli ruhiyatga ega inson o‘z xalqining baxtu-saodatini va farovonligini oshirish maqsadida ishonch bilan olg‘a qadam tashlamoqda, bu inson mamlakatimizni butun dunyoga mashhur qilish istagida.

    Kompaniya tomonidan O‘zbekistonning eng zamonaviy klinikalaridan biri qurib bitkazildi, unga eng zamonaviy tibbiyot jihozlarining to‘liq to‘plami o‘rnatildi hamda O‘zbekistondan va chet mamlakatlardan eng yaxshi mutaxassislar jalb etildi.

    Samarqandning nasldor otlari yashashi uchun juda qulay zamonaviy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular xalqaro musobaqalarda qatnashib O‘zbekistonga birin-ketin g‘alaba va shuhratlar keltirmoqda. Bu yerda ot sportining ko‘p karralik chempionlar shug‘ullanadilar, ular shug‘ullanish uchun barcha zarur ashyolar bilan ta‘minlanganlar.

    Mazkur kompaniyaning rahbariyati va butun jamoasiga sharaflar bo‘lsin! Siz erishayotgan yutuqlaringizdan bag‘oyatda xursandmiz va faxrlanamiz. Biznesingizni yanada gullab-yashnashini tilab qolamiz va muvaffaqiyatlar sari intilayotgan va eng muhimi mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishongan va unga o‘z hissasini qo‘shish istagida bo‘lgan ko‘plab tadbirkorlar uchun ham ilxomlantiruvchi bo‘lib qolishingizni xohlar edik!

    Murad Buildings ushbu “Ilxom mash‘ali”ni boshqa qator kompaniyalarga ham topshirishga va kompaniyaning Vatanimiz uchun munosib korxona bo‘lib qolishiga va‘da beradi.

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish