Tug‘ilgan kunimizni qanday nishonlaymiz?
Aksariyat odamlar yangi va chiroyli uydagi kvartirani sotib olib, unga darhol ko‘chib kirishni istaydi. Ammo barcha ham ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanishni xohlamaydi. Agar ta’mirlangan xonadonni sotib olmoqchi bo‘lsangiz, bu odatda deyarli ikki barobar qimmatga tushadi.
“Murad Buildings” kompaniyasi o‘z tavallud ayyomi munosabati bilan xaridorlarga syurpriz uyushtirishga qaror qildi va sovg‘a sifatida yangi “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” uy-joy majmuasidagi xonadonlarni bepul ta’mirlab berishini e’lon qildi.
Uy joriy yilda qurib bitkazilgan, bir nechta xonadonlarga ko‘chib kirishga ham ulgurishdi, qolganlarida esa ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Kompaniya o‘zi ta’mirlaydigan bir nechta xonadonni tanlab oldi va ularni birinchi bo‘lib sotib olishga ulgurgan xaridorlarga topshirishni rejalashtirmoqda.
Faqat uch kun davomida — 5, 6 va 7-dekabr kunlari sizda ta’mirlangan xonadonni ta’mirlanmagan xonadon narxida sotib olishdek ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi.
Ushbu kunlarda “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” uy-joy majmuasida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi. Uch kun davomida kompaniya rahbariyati har bir tashrif buyuruvchi uchun obyekt bo‘ylab ekskursiya uyushtiradi!
Bepul ta’mirlab berish kabi sovg‘adan tashqari ""Murad Buildings"" kompaniyasi bu xonadonlar sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismini Toshkent shahrining boshqa hududlarida bolalar maydonchasini qurish uchun sarflashni rejalashtirmoqda.