+998 (71) 200-88-22

 

    “Mening Toshkentim” nomli myuzikl Murad Buildings ko‘magida o‘tdi

    16 May 2016
    O‘zbek mahallasidagi quvnoq va sho‘x-shodon aholi, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi qo‘shnilar taqdiri, yomg‘irli va quyoshli kunlarda katta xovlidagi qizg‘in hayot — bularning barchasi “Mening Toshkentim” myuziklida yangicha yondoshuv bilan namoyish etildi. Myuzikl premyerasi 13-14 may kunlari «Istiqlol» san’at saroyida Murad Buildings ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizning sakkiz ming nafar aholisi va mehmonlari ikki kun mobaynida musiqali tomosha muxlislariga aylanishdi.
     
     
    Noyob sahna ko‘rinishlarida bosh rollarni Hasan va Husan Solihovlar boshchiligida mashhur aktyor va xonandalardan  —  Muhammadiso Abdulxairov, Fotima Rejametova, Adiz Rajabov, Asal Shodieva, VIA «Shark» guruhi, Jasur Mirsagatov, Matin, Shadisha, Kamilla kabilar ijro etishdi.
     
     Yangicha yondoshuv va ijroda yangragan xalqimiz diliga yaqin qo‘shiqlardan «Toshkentim -Onam», «Yomgir», «Kizbola», « Сияй, Ташкент - Звезда Востока!», «Hayolim senda», « Что такое облака?» singarilar zalda yig‘ilganlarni befarq qoldirmadi. Ular bir ovozda ijrochilarga jo‘r bo‘lishdi. San’atkorlar o‘z mahoratini yangi janrda namoyon etishdi: taniqli aktyorlar o‘zlarining qo‘shiqchilik qobiliyatini namoyish etishgan bo‘lsa, xonandalar aktyorlik mahoratini ko‘rsatishdi.
     
     
     
     Stsenariyga ko‘ra, barcha voqea-hodisalar Murad Buildings tomonidan barpo e'tilgan “Gulsaroy” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Sahna dekoratsiyalari mazkur turar joj binosining asl tashqi ko‘rinishidan ilhomlanib qurilgan edi.
     
     
     Premyera arafasida myuzikl aktyorlari va tashkilotchilari ishtirokida yana bir tadbir o‘tkazildi. Ona shaharga bo‘lgan mehr-muhabbatni ko‘rsatish, shahar ruhiyatini his qilish, qadim va navqiron Toshkent bilan g‘ururlanish va faxrlanish tuyg‘ularini namoyish qilish maqsadida estarada va kino yulduzlari hamda jurnalistlar ikki qavatli avtobusda shahar bo‘ylab sayohat qilishdi. Loyiha Ozodbek Nazarbekov, Mansur Toshmatov, Karen G‘ofurjonov kabi xonandalar, aktyor Yigitali Mamajonov va boshlovchi Farhod Alimov tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Sayohat qatnashchilari shahrimizdagi ko‘zga ko‘ringan obidalarni ziyorat etib, eng so‘nggida «Gulsaroy» turar joj majmuasida  kichik shou-dastur namoyish etishdi.
     
     
     Murad Buildings kompaniyasi “Biz baxt ulashamiz!” shiori ostida ijtimoiy va ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish