Loyiha haqida
-
Yakka tartibli isitish tizimi
-
Fuji - shovqinsiz Yaponiya liftlari
-
24/7 xavfsizlik
-
Germaniyada ishlab chiqarilgan Salamander romlari
-
G’ovak g’ishtlar
-
Uzluksiz elektr ta’minoti
-
Zilzilabardoshli binolar
-
Ko’kalamzor va obodon hudud
Галерея
Loyihaning o'ziga xosligi
Ikki sathli xonadonlar
Ko’p sathli xonadonlar g’aroyib dizaynli intererni yaratishda katta erkinlik beradi. Siz nafaqat xonadoningizga o’zgachalik va nafislik bera olasiz, balki tegishli hududlarni aniq chegaralash imkoniga ham ega bo’lasiz. Bundan tashqari, qulaylik darajasiga ko’ra bunday uylar shaxsiy turar-joylardan hech nimasi bilan qolishmaydi.
Xayflet
Shift balandligi 3,22 m bo’lgan xonadonlar nafaqat oliy toifali turar-joy namunasi deb qabul qilingan, balki uydagi bo’shliqni katta va yorug’roq bo’lishiga imkon beradi.
Manzarali ko’rinish
Evropa dizaynining eng yaxshi an’analaridagi manzarali derazalar xonaning bo’shlig’ini maksimal darajada ochib beradi va birlashtiradi, shuningdek uni shaharga qaragan chiroyli manzara bilan to’ldiradi.
Bolalar uchun zamonaviy maydonchalar
Toza havoda o’ynash va tengdoshlari bilan muloqot qilish bolalarning barkamol o’sishi uchun zarur hisoblanadi. Shuning uchun barcha turar-joy majmualari, nafaqat barcha xavfsizlik talablariga javob beruvchi, balki eng talabchan bolani ham qiziqtira oladigan bolalar maydonchalari bilan jihozlangan.
Avtomashinalar uchun yer osti to’xtash joyi
Yer osti parkingi – bu avtomashina egalari uchun zamonaviy yechimdir. Bu yerda avtomobil har doim noqulay ob-havodan himoyalangan, tozalikda turadi, uy oldidagi bo’shliqni egallamaydi va doim “qo’l ostingizda” turadi.
Ayvonli xonadonlar
Xonadondagi ayvon – bu shahardagi turar-joy qulayligi va shahar tashqarisidagi uyning estetikasi uyg’unligidir. Bu dam olish, oilasi bilan vaqt o’tkazish va bir chashka qahva bilan tabiatni tomosha qilish uchun ajoyib kichik hovli desa ham bo’ladi.