+998 (71) 200-88-22

 

    Franchising Invest

    Umid Isajonov - "Franchising Invest" developer kompaniyasi rahbari

    Uchta oliy ma’lumotga: ikkita bakalavr va magistr darajasiga egaman. 1999 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini ingliz tili ixtisosligi bo‘yicha tugatdim va 2002 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro biznes bo‘yicha darajasini oldim. 2009 yilda Janubiy Koreyaning eng nufuzli universitetida tahsil olish uchun grant yutib oldim, iqtisodiyot ixtisosligi bo‘yicha magistr darajasini oldim. 

    Bugungi kunda qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlarimdan biri – hech qanday qiyinchiliklarga qaramay, o‘z oldimga qo‘ygan maqsadlarimga erishishim, deb hisoblayman. Rahbar sifatida turli yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat qilishimga to‘g‘ri keladi: jamoa bilan birgalikda ishlash, kompaniyaning moddiy-texnik ta’minotini tahlil qilish va turli kompaniyalar bilan bevosita hamkorlik qilish – bularning barchasi kasbimga xos bo‘lgan ko‘plab vazifalarni bajarish va stressga chidamli bo‘lishni talab etadi. 

    Noyob, birdam, aqlli va intiluvchan jamoam bu borada menga yordam bermoqda.

    Xodimlarim haqida gap ketganda, ularning o‘z vazifasiga vijdonan yondashishini, mehnatsevarligini va yangi takliflarga doim tayyor ekanini alohida ta’kidlashni istardim.

    Xodimlarimda mavjud bo‘lgan barcha xislatlarga ega, o‘z ishiga vijdonan yondashadigan xodimlarni jamoamiz safiga qo‘shish uchun qidiryapmiz. 

    "Franchising Invest" yuksalish uchun ulkan istiqbolga ega: "Murad Buildings" hamkori bo‘lmish kompaniyamiz yaqin kunlarda eng yaxshi uylarni qurish bo‘yicha peshqadamlikni qo‘lga kiritadi. Bu barcha xodimlarga kasb mahoratini oshirish va rivojlanish imkonini beradi. Aynan bizning xodimlar o‘zlarining sevimli ish faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniga ega. Bu ularga ajoyib insonlar bilan doimiy hamkorlik qilish, ko‘chmas mulk bozoridagi voqealardan doim xabardor bo‘lish imkonini beradi.

    Shiorim: Didim oddiy – eng yaxshi narsalarning o‘zi menga yetarli. (O.Uayld)

    Menga qo‘ng‘iroq
    qiling

    Direktorga yozish