Loyiha boshqarish kompaniyasi
Kodir Ahmedov – Loyihani boshqarish korxonasi direktori
Men Toshkent Moliya institutining xalqaro pul-kredit munosabatlari mutaxassisligi bo'yicha tugatganman. Bugungi kunda mening 20 yildan ortiq turli sohalarda moliya, umumiy ovqatlanish, logistika, davlat sektori, qurilish, sayyohlik kabi sohalarda tajribam bor.
Men bu kompaniyaga direktor sifatida 2016 yilning oxirida qo'shildim, chunki «Murad Buildings» natijalariga qarab, men uyni qurish nafaqat jonsiz g'isht, beton va boshqa qurilish materiallari, balki asosiy maqsadi uyga jon kiritish, xonadon egalarining quvonch va kulgisi ekanligini tushinaman. Va ishning natijasi baxtga olib kelsa, qurilishning butun jarayoni qiziqarli bo'ladi.
Turli sohalarda tajriba orttirar ekanman, men doimo mening hayotni anglashimni, qadriyatlarimni va hayotimning barcha jihatlarini o’zgartiradigan egallagan bilim va tajribamni aralashtirishga harakat qilganman.
Bugungi kundagi eng asosiy yutuqlarimdan biri turli xil hayotiy sharoitlarda odamlar bilan muloqot qilishning umumiy tajribasi deb bilaman. Barchamiz jamiyatda yashayapr ekanmiz, bunday tajriba har kuni qo’llniladi va o'z egasiga barcha sohalarda bir qator afzalliklarni beradi.
Mening jamoam hali ham kuchli, soya beradigan daraxtga aylanmoqchi bo'lgan "yashil" o'simtadir. Bizning jamoada ishlash istiqbollari bu O'zbekistonning xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan tez rivojlanayotgan qurilish korxonalaridan birida ishlashdan iboratdir. Biz bir jamoa bilan ishlash va o’z shaxsiy yutuqlaridan ko’ra jamoa yutuqlarini qadrlaydigan muloqot uchun ochiq, ijobiy nomzodlarni izlayapmiz. Biz o’z safimizda o’zini ham guruhda rivojlantirishga tayyor bo’lgan, agar qanaday odamlar bilan ishlay olmasligimizni aniq aytadigan bo’lsak, unda jamoasini yoki boshlig’ini aldaydigan xodimlar bilan ishlay olmaymiz: odam bir marta aldab, doimoaldashga moyil bo’ladi va bunday xodimlar bizga kerak emas.
Hayotdagi shiorim: Mo’jiza kutmang - o'zingiz mo’jiza yarating!